14 iyu 08:31
Yangiliklar
Tennis

Fomin Germaniyadagi turnirda nimchorak finalga chiqdi
Germaniyaning Nyurenberg shahrida o'smirlar o'rtasidagi turnir bo'lib o'tmoqda.
“Nürnberger Versicherungs-ITF-Junior” musobaqasida hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z mahoratini namoyish etyapti. Tennischimiz o'tgan hafta “Rolan Garros” turnirining o'smirlar o'rtasidagi bahslarida ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgandi.
Germaniyadagi turnirda sakkizinchi raqam ostida harakat qilayotgan Fomin nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U ikkinchi davra uchrashuvida mezbonlar vakili Lars Iogannni 6/2, 6/3 hisobida mag'lub etdi. Bugun Sergey nimchorak finalda italiyalik Fabricio Andalaroga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar