13 sen 15:50
Yangiliklar
Tennis

Fomin Qohiradagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Misr poytaxti Qohira shahrida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Egypt Men's Futures musobaqasining
sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Ushbu turnirda istedodli
tennischimiz Sergey Fomin ham ishtirok etyapti. Hamyurtimiz hozirgina ilk davra
uchrashuvini yakunladi.
Fomin 1 soatu 5 daqiqa davom etgan
bahsda saralash bahslari g'olibi chexiyalik Alessandro Richchini ikki setda ham bir
xil 6:2 hisobida mag'lub etdi. Uning ikkinchi bosqichdagi raqibi franciyalik Tomas
Bresheme bo'ladi. Tomas reytingda Sergeydan deyarli 600 pog'ona yuqorida joylashgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar