22 iyu 12:41
Yangiliklar
Tennis
Fomin reytingda o'zidan 1031 pog'ona quyidagi tennischiga yutqazdi
Germaniyaning Saarluis shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi. Afsuski, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi turnirning 1/4 finalida o'z ishtirokini alamli tarzda to'xtatdi.
Dunyoning 634-raketkasi bo'lib turgan Fomin ATP reytingida 1665-pog'onada borayotgan germaniyalik Mika Lippga 2/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Uchrashuv 90 daqiqa davom etgan. Fomin turnirda 8-raqam ostida tasniflangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar