23 apr 13:15
Yangiliklar
Tennis

Fomin Shymkent Men turniridagi yurishini boshladi
Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha ITF M15 toifasiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari start oldi.
Ushbu musobaqada tennischilarimiz ham o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishyapti. Hozirgina mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin turnirdagi ilk uchrashuvini yakunladi. Hamyurtimiz 77 daqiqa davom etgan 1/16 final bahsida rossiyalik 23 yoshli Pavel Verbinni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi - 6/4, 6/0.
Taqqoslash uchun, SHimkent turnirining birinchi raketkasi bo'lgan Fomin hozirda ATP reytingida 461, Verbin esa 1118-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Uning 1/8 finaldagi raqibi yana bir hamyurtimiz Maksim SHin bo'lishi mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar