15 okt 20:52
Yangiliklar
Tennis
Fomin Xitoydagi M25 turnirining chorak finaliga chiqdi
SHu kunlarda Xitoyning Cyandaoxu shaharchasida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida ITF tasnifiga kiruvchi M25 turniri o'tkazilmoqda.
Musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Sergey Fomin ham ishtirok etmoqda. Turnirda uchinchi raqam ostida saralangan Fomin chorak final bosqichiga yo'l oldi.
U bugun nimchorak final bosqichida yangi zelandiyalik Metyu SHirerga qarshi bahs olib borib, 6/2, 6/2 hisobida g'alaba qozondi. O'yin oldidan SHirer ATP reytingida 2160-o'rinda borayotgandi.
25 yoshli Sergey yarim final yo'lida dunyo reytingida 727-o'rinni egallab turgan yaponiyalik Yusuke Takaxashiga qarshi kortga chiqadi. O'yin ertaga Toshkent vaqti bilan 7:00 da boshlanishi belgilangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar