20 may 15:29
Yangiliklar
Fominning finaldagi raqibi malum, u jahonning sobiq 33-raketkasi
Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan hamyurtimiz Sergey Fominning finaldagi raqibi Robin Xaas bo'ladi. Niderlandiyalik tennischisi 1 soatu 25 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida AQSH vakili Evan Juni 7/5, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Xaas ATP reytingida 324, Evan esa 463-pog'onadan joy olgan.
Robin faoliyati davomida ATP tasnifiga kiruvchi turnirlarning ikkitasida sovrin sohibiga aylangan. U ikkala titulini ham Kicbyuel (2011, 2012 yillar) turnirida qo'lga kiritgan. U bundan rosa 10 yil avval ATR reytingida o'zining eng yaxshi ko'rsatkichiga erishgan bo'lib, o'shanda 33-o'rinni banj etgandi.
Xaas shu vaqtga qadar turnirlardagi ishtirokidan 7 mln 743 ming 809 dollar ishlab topgan. Ayni paytda Sergey Fomin reytingda 838-o'rinni egallab turibdi.
Malumot uchun, "Shymkent II Challenger 80" turniri finali 22 may kuni bo'lib o'tadi va bizning vaqt bilan soat 09:00da boshlanadi.
Fikrlar