05 mar 09:01
Yangiliklar
Tennis

Fonini Braziliyadagi turnir g'olibi bo'ldi
Braziliyaning San-Paulu shahrida tennis bo'yicha ATP turniri yakunlandi.
Musobaqada italiyalik tennischi Fabio Fonini bosh mukofot sohibiga aylandi. U hal qiluvchi final uchrashuvida chililik Nikolas Xarriga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda Fabio 1:6, 6:1, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Braziliyadagi muvaffaqiyatli ishtirok dunyoning 20-raketkasiga 92 085 dollar miqdoridagi mukofot puli ahamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu Foninining faoliyatidagi oltinchi tituli bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar