19 mar 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Forman: "Joshua Fyurini mag'lub etishini tasavvur qilolmaymiz"
Og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jorj Forman og'ir vazn chempionlari Tayson Fyuri va Entoni Joshuaning imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Tayson Fyuri… Bu yigitni mag'lub etish uchun siz hamma narsangizni berishingiz kerak. Rostini aytsam, Joshua uni mag'lub etishini tasavvur ham qilolmayman. Ammo nima bo'lishini ko'rish uchun chipta sotib olishimga aminman. Bu qarama-qarshilik meni juda qiziqtiryapti", - deya Formanning so'zlaridan iqtibos keltiradi BoxingScene nashri.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi birinchi to'qnashuv birlashtiruvchi jang bo'ladi, mag'lub bokschi revansh olish huquqiga ega. Fyuri hisobida 30 g'alaba (21 KO) va bitta durang bor. Joshuada 23 g'alaba (21 KO) hamda bitta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar