08 fev 13:32
Yangiliklar
Formula-1. 2022 yilgi mavsum uchun jamoalar to'laydigan badal pullari malum
Jamoalarning ishtirok etish uchun to'laydigan pul miqdori o'tgan mavsumda to'plangan ochkolariga bog'liq bo'lib, unga 569 ming dollar miqdoridagi qatiy badal puli qo'shiladi.
2022 yilgi mavsumda qatnashish uchun eng katta summani "Mercedes" jamoasi to'laydi. Ular uchun bu summa 4 652 848 dollarni tashkil etadi, bu 2021 yildagidan 170 000 dollarga ko'p.
2022 yilgi mavsumda 2021 yilga qaraganda ko'proq poyga va ochko berilganligi sababli, umumiy to'lov miqdori oshiridi.
2022 yilgi mavsumda jamoalar uchun badal puli:
"Mersedes" - 4 652 848 dollar
"Red Bull" - 3 813 645 dollar
"Ferrari" - 2 356 139 dollar
"Maklaren" - 2 086 334 dollar
"Alpin" - 1 418 774 dollar
"Alha Tauri" - 1 346 455 dollar
"Aston Martin" - 984 860 dollar
"Uilyams" - 695 584 dollar
"Alfa Romeo" - 628 828 dollar
"Xaas" - 556 509 dollar.
Fikrlar