22 fev 18:19
Yangiliklar
Formula-1. "Alpin" jamoasi 2022 yilgi mavsum uchun yangi bolidini namoyish etdi
2022 yilgi mavsumdan boshlab Formula-1da yangi texnik reglament amal qiladi, shu tufayli avtomobillarning tashqi ko'rinishi, shuningdek, texnik xususiyatlari keskin o'zgaradi.
O'tgan yili "Alpin" konstruktorlar chempionatida beshinchi o'rinni egallagan edi. Jamoa sharafini ispaniyalik Fernando Alonso va franciyalik Esteban Okon himoya qilishgan, 2022 yilgi mavsumda haydovchilar tarkibi o'zgarmaydi.
SHu tariqa, faqat bitta jamoa hali yangi mavsum uchun avtomobilini namoyish etmadi. Bu - "Alfa Romeo" jamoasi. Ularning taqdimoti Bahrayndagi mavsumoldi ilk sinov poygalari yakunlanganidan keyin 27 fevralda o'tkazilishi belgilangan.
Eslatib o'tamiz, birinchi mavsumoldi sinovlari 23-25 fevral kunlari Barselonada (Ispaniya) bo'lib o'tadi. Ikkinchi yig'in 10-12 mart kunlariga mo'ljallangan va Bahraynda bo'lib o'tadi. SHundan so'ng, u erda yangi mavsumning birinchi bosqichi bo'lib o'tadi.
Fikrlar