16 iyu 16:38
Yangiliklar
Formula-1. Avstraliya Gran-prisi bilan shartnoma 2035 yilgacha uzaytirildi
Tomonlar 10 yillik shartnoma borasida kelishib olishgan.
Unga ko'ra, «Formula-2» va «Formula-3» poygalari ham dam olish kunlarida bo'lib o'tadi. Ular birinchi marta Avstraliya taqvimida 2023 yilda paydo bo'ladi.
Avstraliya Gran-prisi 1996 yildan beri Melburnda o'tkazib kelinmoqda. So'nggi yillarda promouterlar infratuzilma sifatini yaxshilash va trekni yaxshilash uchun katta mablag' sarfladilar.
“Men Melburn 2035 yilgacha «Formula-1» bosqichiga mezbonlik qilishini tasdiqlashdan juda mamnunman. Ushbu poyga har doim muxlislar, poygachilar va jamoalar orasida juda mashhur bo'lgan. Bu yil Gran-prida ko'plab ishtiyoqmand muxlislarni ko'rdik. Biz esa Avstraliyadagi faoliyatimizning kelajagi porloq bo'lishidan juda xursandmiz”, — dedi Formula-1 bosh direktori Stefano Domenikali.
Fikrlar