25 fev 18:20
Yangiliklar
Formula-1
Formula-1 bo'yicha 2022 yilgi Rossiya Gran-prisi bekor qilindi
Formula-1 2022 yilgi Rossiya Gran-prisi bekor qilinishi haqida rasmiy bayonot berdi.
Qaror Ukrainadagi harbiy harakatlar fonida qabul qilingan.
"FIA Formula-1 jahon chempionati odamlar va xalqlarni birlashtirish uchun ijobiy munosabatda bo'lgan mamlakatlarga tashrif buyuradi. Biz Ukrainadagi voqealarni qayg'u va hayrat bilan kuzatib borayapmiz hamda mavjud vaziyatning tez va tinch yo'l bilan hal etilishiga umid qilamiz. Payshanba kuni kechqurun Formula-1, FIA va jamoalar bizning sport poziciyamizni muhokama qilishdi va barcha ishtirokchilarning fikriga ko'ra, Rossiya Gran-prisini hozirgi sharoitda o'tkazish mumkin emas degan xulosaga kelishdi", - deyiladi Formula-1 bayonotida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar