14 apr 15:55
Yangiliklar
Formula-1
Formula-1 jamoalari bolidlarining og'irligi qancha? Bu borada "Aston Martin" va "Red Bull" etakchi
Avstraliya Gran-prisidan so'ng Formula-1 avtomobillarining taxminiy vazni malum bo'ldi.
Bu haqda Sala Stampa Racing xabar berdi.
Ayni paytda pelotondagi eng og'ir avtomobil "Aston Martin" bolidi bo'lib, uning og'irligi 815 kg. "Ferrari", "Uilyams", "Alpin", "Alfa Romeo" va "Alfa Tauri" eng kichik vaznga ega - bu jamoalarning mashinalari 800 kg tashkil etdi.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilgi mavsumda avtomobillarning minimal og'irligi 798 kg ni tashkil qilgandi. Mavsum boshlanishidan oldin bu ko'rsatkich 43 kgga oshirilgan.
Avstraliya Gran-prisidagi barcha bolidlarning og'irligi quyidagicha:
"Ferrari" — 800 kg
"Mersedes" — 806 kg
"Red Bull" — 810 kg
"Maklaren" — 805 kg
"Uilyams" — 800 kg
"Alpin" — 800 kg
"Alfa Romeo" — 800 kg
"Aston Martin" — 815 kg
"Alfa Tauri" — 800 kg
"Xaas" — 803 kg.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar