29 avg 11:33
Yangiliklar
Formula -1. Mavsumning yangilangan taqvimi-2021: 22 bosqich, uchta Gran-prining sanasi o'zgardi
Yaponiya Gran -prisi 8-10 oktyabr kunlari bo'lib o'tishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli ketma-ket ikkinchi marta bu bosqich bekor qilindi.
Dastlab taqvimda 23 ta bosqich o'rin olgan edi, ammo endi Formula-1 tashkilotchilari 22 ta bosqich o'tkazishni rejalashtirmoqda. Belgilangan sanalarda Gollandiya (3-5 sentyabr), Italiya (10-12 sentyabr) va Rossiya (24-26 sentyabr) Gran-prisi bo'lib o'tadi. 1-3 oktyabr kunlari bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Turkiya Gran-prisi taqvimda Yaponiya Gran-prisi o'rnini egallaydi. AQSH Gran - prisi rejalashtirilganidek 22-24 oktabr kunlari bo'lib o'tadi. Meksika va Braziliyadagi bosqichlar bir hafta oldinga ko'chirildi. Ular mos ravishda 5-7 noyabr va 12-14 noyabr kunlari o'tkaziladi.
19-21 noyabrga rejalashtirilgan poyga joyi keyinroq malum bo'ladi. Mavsum Saudiya Arabistoni (3-5 dekabr) va BAAda (10-12 dekabr) o'tkaziladigan poygalar bilan yakunlanadi.
2021 yilgi mavsumning ikkinchi yarmi uchun Formula-1 taqvimi bilan tanishing:
12. Belgiya Gran - prisi - 29 avgust
13. Gollandiya Gran -prisi - 5 centyabr
14. Italiya Gran - prisi - 12 centyabr
15. Rossiya Gran - prisi - 26 centyabr
16. Turkiya Gran - prisi - 10 oktyabr (avval 3 oktyabr)
17. AQSH Gran - prisi - 24 oktyabr
18. Meksika Gran - prisi (Meksika) - 7 noyabr (avval 31 oktyabr)
19. San -Paulu Gran - prisi (Braziliya) - 14 noyabr (avval 7 -noyabr)
20. Bo'sh joy - 21 noyabr
21. Saudiya Arabistoni Gran -prisi - 5 dekabr
22. Abu - Dabi Gran - prisi - 12 dekabr
Fikrlar