04 mar 07:56
Yangiliklar
Formula-1
Formula-1 Rossiya Gran-prisi bilan shartnomani bekor qildi
Formula-1 rahbariyati Rossiya Gran-prisi bilan shartnoma bekor qilinganini elon qildi.
SHu tariqa, avvalroq 2022 yilgi mavsum taqvimidan chiqarib tashlangan Rossiya bosqichi 2023 yil va undan keyingi yillarda ham jahon chempionatiga qaytmaydi.
"Formula-1 Rossiya Gran-prisi promouteri bilan shartnomani bekor qilganini tasdiqlaydi. Bu kelajakda Rossiya poygaga mezbonlik qilmasligini anglatadi", - deyiladi "Formula-1"ning qisqacha bayonotida.
SHartnoma 2025 yilgacha mo'ljallangan edi. 2023 yilgi mavsumdan boshlab Rossiya Gran-prisini Sankt-Peterburg yaqinidagi "Igora Drive" trassasida o'tkazish rejalashtirilgandi.
Eslatib o'tamiz, Rossiya Gran-prisi 2014 yildan beri o'tkazib kelinayotgan edi. Barcha poygalar Sochidagi trekda o'tkazilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar