03 jan 10:37
Yangiliklar
Formula-1. Xemilton "Ferrari"da, Ferstappen yangi sherik bilan ishtirok etadigan 2025 yilgi mavsumning poygalar jadvali bilan tanishing
Musobaqa 24 bosqichdan iborat bo'ladi. Ulardan birinchisi 16 mart kuni Avstraliyada bo'lib o'tadi. Mavsum 7 dekabr kuni o'tkaziladigan Abu-Dabi Gran-prisi bilan yakunlanadi.
Avval malum qilinganidek, muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Bahrayn Gran-prisi va Saudiya Arabistoni Gran-prisi mos ravishda 11-13 aprel hamda 18-20 aprel kunlariga ko'chirilgan.
Formula-1'ning 2025 yilgi mavsumi uchun taqvimi:
14-16 mart — Avstraliya, Melburn
21-23 mart — Xitoy, SHanxay
4-6 aprel — Yaponiya, Suzuka
11-13 aprel — Baxrayn, Saxir
18-20 aprel — Saudiya Arabistoni, Jidda
2-4 may — AQSH, Mayami
16-18 may — Italiya, Imola
23-25 may — Monako
30 may – 1 iyun — Ispaniya, Barselona
13-15 iyun — Kanada, Monreal
27-29 iyun — Avstriya, SHpilberg
4-6 iyul — Buyuk Britaniya, Silverstoun
25-27 iyul — Belgiya, Spa
1-3 avgust — Vengriya, Budapesht
29-31 avgust — Niderlandiya, Zandvort
5-7 sentyabr — Italiya, Monca
19-21 sentyabr — Ozarbayjon, Baku
3-5 oktyabr — Singapur
17-19 oktyabr — AQSH, Ostin
24-26 oktyabr — Meksika, Mexiko
7-9 noyabr — Braziliya, San-Paulu
20-22 noyabr — AQSH, Las-Vegas
28-30 noyabr — Katar, Lusail
5-7 dekabr — Abu-Dabi, Yas-Marina.
Fikrlar