16 apr 11:01
Yangiliklar
Futbol

Fotih Terim koronavirusdan tuzaldi
"Galatasaroy" bosh murabbiyi Fotih Terim koronavirus alomatlaridan qutuldi.
Mart oyida 66 yoshli turkiyalik mutaxassis COVID-19 infekciyasi bilan og'rigandi. 30 mart kuni Terim shifoxonadan chiqarilgan va muolajalarni uyda qabul qilayotgandi.
"Bir oy davomida koronavirus bilan kurashdim. Ishoning, oson bo'lmadi. Uzoq davolanishdan keyin, bugun tahlillarim salbiy natijani ko'rsatganini elon qilmoqchiman", — dedi murabbiy instagram orqali muxlislari bilan uyushtirgan jonli muloqot davomida.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar