02 noy 23:54
Yangiliklar
Futbol

FOTO. “Al Jayish” 10ta gol urilgan o'yinda g'olib, Rashidovda dubl, jamoasi peshqadam
Bugun Qatar Yulduzlar ligasida 6-tur uchrashuvlariga start berildi.
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al Jayish” klubi safarda o'ziga xos g'alabani qo'lga kiritdi. O'nta to'p kiritilgan uchrashuvda “Al Jayish” 6:4 hisobida zafar quchdi.
Quvonarlisi, hamyurtimiz dublga erishib, jamoasining dastlabki va so'nggi gollariga mualliflik qildi. Jamoa to'purari Romarino ham Rashidov singari dublga erishdi.
Ushbu g'alabadan so'ng “Al Jayish” turnir jadvalida 16 ochko bilan 1-o'ringa ko'tarilib oldi. Bunga to'plar nisbatiga ko'ra peshqadamlik qilib kelgan “Lehviya” jamoasi mehmonda “Al Xor” bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar