11 may 12:25
Yangiliklar

FOTO. "Bunyodkor"da xotira va qadrlash kuni!
SHu munosabat bilan kecha, “Bunyodkor” klubi bir qator futbol faxriylari,
urush qatnashchilari va jurnalistlar uchun bayram dasturxonini yozdi.
Tadbirda “Bunyodkor” futbol klubi direktori Murod Aliev, bosh murabbiy Mirjalol Qosimov, O'FF faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov, ikkinchi jahon urishi qatnashchilari bo'lgan Gennadiy Vasilevich Botanin hamda Telman Abdulovich Abdurahmanov, “Nuroniy” jamg'armasi Toshkent shahar Kengashi raisi Mahmud Zufarov so'zga chiqib yig'ilganlarni bayram bilan tabriklashdi.
O'tganlar yod etilib quron tilovat qilindi, bayram
dasturxoniga milliy taomimiz bo'lgan palov tortildi. Barcha bir-biri bilan
dildan suhbat qurdi.
Tadbir so'nggida “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan faxriylarga esdalik sovg'alari topshirildi.
Fikrlar