So’nggi yangiliklar

20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0

07 iyu 13:59
Yangiliklar

Futbol

FOTO Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Marakana"

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida joylashgan dunyoning eng chiroyli stadionlaridan biri bo'lmish "Marakana"ga fotosayohat qilamiz.

Eslatib o'tamiz, kecha saytimizning rasmiy telegram kanalida 5ta stadion o'rtasida so'rovnoma o'tkazgan edik va unda "Marakana" g'olib chiqqan edi.

"Marakana" - Braziliya

Klub: "Flamengo", "Fluminense" va Braziliya terma jamoasi

Ochilgan yili: 1950 yil 16 iyun

Sig'imi: 199 854 (JCH-1950), 78 838

Stadion haqida faktlar:

- "Marakana" Ginnesning Rekordlar kitobiga 180 000 muxlis sig'adigan o'rni bilan eng katta stadion sifatida kiritilgan. Bazi manbalarda stadion 200 000 muxlisni ham o'z bag'riga sig'dira olishi yozilgan.

- Stadion va uning atrofidagi umumiy maydon 195 000 kvadrat metrdan ham oshadi.

- Qurilish 1948 yilning 2 avgustida, yani JCHdan 2 yil avval boshlangan. Qurilish uchun joy shaharning tarixiy qismi yaqinidan tanlangan.

- Loyiha Rio-de-Janeyroning eng yaxshi 7 arxitektori (Rafael Galvao, Pedru Bastos, Orlando Azevedo, Antoniu Karneyru, Migel Feldman, Valdir Ramos va Oskar Valdetaru) tomonidan yaratilgan.

- Qurilishda 1500ga yaqin inson ishlagan, turnir yaqinlashgach esa ikki baravar ko'p. 1950 yilda JCH boshlanganda ham stadion to'liq qurilmagan edi, ammo bu o'yinlarni qabul qilishga halaqit bermagan.

- Finalda esa 173 830ta chipta sotildi, ammo stadionga kelganlarning soni bundan ham ko'p edi 199 mingdan 210 minggacha - shunchaki ajoyib!

- Stadionning asosiy kirish yo'lagida futbolchining haykali joylashgan. Ushbu yodgorlik Braziliya terma jamoasining 1958 yilda SHveciyada bo'lib o'tgan JCHdagi g'alabasi sharafiga o'rnatilgan.

- SHon-sharaf zalida Pele, Ronaldu va Ziko singari eng kuchli futbolchilar o'z nomlarini qoldirishgan.

- Mario Filyu futbolning ashaddiy ishqibozi bo'lgan va "Fluminense" muxlisi bo'lgan. 1966 yilda uning o'limidan so'ng stadion Filyuning nomiga o'zgartirilgan. SHunday ekan "Marakana"ning rasmiy nomi Estádio Jornalista Mário Filho hisoblanadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing