04 avg 16:29
Yangiliklar

FOTO. Menezning qulog'ini uzib olishdi
Ikki kun avval “Bordo” klubiga transfer qilingan Menez yangi jamoasi safidagi o'rtoqlik uchrashuvida o'zini “ko'rsatish”ga muvaffaq bo'ldi. “Loryan” klubiga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvining 59-daqiqasida 29 yoshli francuz zaxiradan maydonga tushirildi.
Maydonda paydo bo'lganidan 18 daqiqa o'tib, raqib futbolchisi Dide Ndong bilan to'qnashib ketdi. Aniqrog'i, Ndong Menezning qulog'ini bosib ketdi. Natijada Jeremi qulog'ining bir qismi uzilib tushdi.
Klub shifokorlarining aytishicha, futbolchi jarrohlik stoliga yotadi. O'yinning o'zi “Bordo”ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Dide Ndong esa o'yindan keyin jabrlanuvchidan kechirim so'radi: “Jeremi Menez va “Bordo” klubi vakillaridan uzr so'rayman. Buni atayin qilmadim. O'ylaymanki, jarohat tezda bitadi va Liga 1 uchrashuvlarida u bilan yana uchrashamiz”.
Fikrlar