21 dek 13:35
Yangiliklar
Futbol

FOTO. “Milan” qiziqayotgan Fellaynini Milan shahrida ko'rishdi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Maruan Fellayni Angliya chempionati uchrashuvlarida juda kam maydonga tushmoqda.
Oldinroq ushbu futbolchiga A Seriya grandi “Milan” klubi qiziqish bildirayotgani haqida elon qilgandik.
“Mirror” saytida chop etilgan suratlarda Maruan Fellayni va uning ukasi Milan shahrida yurgani aks etgan. Ayni damda muzokaralar haqida hech qanday malumot yo'q.
Fellayni va “Manchester Yunayted” o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozigacha amalda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 17 ta uchrashuv o'tkazdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar