15 iyu 14:37
Yangiliklar
Futbol

FOTO Muslera o'yin paytida jiddiy jarohat oldi. U shoshilinch tarzda shifoxonaga etkazildi
"Galatasaroy" darvozaboni Fernando Muslera Turkiya chempionati 27-turi doirasidagi "Rizespor"ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi.
Darvozabon o'yinning 15-daqiqasida "Rizespor" futbolchisi Milan SHkoda bilan to'qnashib ketdi. Natijada "Galatasaroy" futbolchisi oyog'ining ikki qismi sindi. Muslera zanbilda maydondan olib chiqib ketildi va zudlik bilan shifoxonaga etkazildi. Futbolchining 9 oyga safdan chiqqani aytilmoqda.
12 iyundan boshlab Turkiyadagi barcha professional ligalar davom ettirilmoqda. Hozircha turnir jadvalini 53 ochko bilan "Trabzonspor" boshqarmoqda.
Havola :
Fikrlar