13 sen 08:22
Yangiliklar
Futbol

FOTO. “Nyukasl” stadioni oldida SHirerning haykali ochildi
“Sent-Jeyms Park” stadioni yonida “Nyukasl” klubining afsonaviy futbolchisi Alan SHirerning haykali ochildi.
“Bu men uchun ulkan sharaf. Butun faoliyatim davomida meni qo'llab-quvvatlab turganlarga minnatdorchilik bildiraman”, – deya o'zining Tvitterdagi sahifasida xabar qoldirgan SHirer.
Ushbu loyihani “Nyukasl” klubining sobiq prezidenti Freddi SHeverd moliyalashtirdi.
Malumot uchun, Alan SHirer “Nyukasl” sharafini 10 yil mobaynida himoya qilib, jami 206ta gol kiritgan. 2009 yili u jamoaning bosh murabbiyi bo'lgan. Ayni paytda esa futbol afsonasi BBC telekanalida ekspert vazifasida ishlayapti.
Havola :
Fikrlar