29 iyu 18:42
Yangiliklar
Lebron Jeyms endi rasman "Filadelfiya" sharafini himoya qiladi
41 yoshli superyulduz rasman "Filadelfiya Seventi Siksers" (Philadelphia 76ers) safiga qo'shildi. Tomonlar ikki yillik shartnoma imzolashdi.
Lebron ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida bu qaror uning faoliyatidagi "so'nggi katta qarori" ekanini takidladi. SHuningdek, u "Filadelfiya" bilan chempionlik uchun kurashishni maqsad qilganini bildirdi.
SHu tariqa, Jeyms o'zining afsonaviy faoliyati davomida to'rtinchi klubda to'p suradi. U bunga qadar "Klivlend Kavalers", "Mayami Hit" va "Los-Anjeles Leykers" sharafini himoya qilgan.
Malumot uchun, Lebron Jeyms NBA tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U to'rt karra NBA chempioni, to'rt karra MVP va liga tarixidagi eng sermahsul hamda eng mashhur basketbolchilardan biri sifatida etirof etiladi.
Fikrlar