29 mar 18:09
Yangiliklar
Futbol
"Nyukasl" "Manchester Siti" posbonini o'z safiga qo'shib olmoqchi
Darvozabon Jeyms Trafford yozda "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin.
23 yoshli posbonni "Nyukasl" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Qarg'alar" joriy mavsum yakunlangach, futbolchining transferi bo'yicha taklif bilan chiqishga tayyor.
Jeyms Trafford 2025 yilda 31 million evro evaziga "Byornli"dan "Manchester Siti"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda darvozabon "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 13 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol o'tkazib yubordi va oltita o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali Traffordning narxini 25 million evroga baholamoqda.

Havola :
Fikrlar