22 iyu 09:10
Yangiliklar
Futbol
FOTO. “Rostov”ga kumush medallar, Berdievga orden topshirildi
Rostov-na-Donu shahrida Rossiya chempionatining 2015/16 yilgi mavsumi sovrindorlari – “Rostov” klubiga kumush medallarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Taqdirlash marosimi yopiq eshiklar ortida o'tkazildi, yani unga muxlislar kiritilmadi. Futbolchilar va murabbiylar shtabiga medallarni Rossiya Professional futbol ligasi ijrochi direktori Sergey CHeban hamda Rossiya Futbol ittifoqining departament boshlig'i Sergey Kulikov topshirishdi.
SHuningdek, “Rostov” klubini Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev ham tabrikladi. Jamoa bosh murabbiyi Qurbon Berdievga esa “Rostov viloyati oldidagi xizmatlari uchun” ordeni topshirildi.
Havola :
Fikrlar