15 fev 07:01
Yangiliklar
Futbol
FOTO Rustam Ashurmatov: "Janubiy Koreyadagi faoliyatim yakuniga etdi"
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov "Kanvon" jamoasidan ketganini malum qildi.
Futbolchi o'zining tvitter sahifasida Janubiy Koreyadagi faoliyati yakunlanganini va oldida yangi chaqiruvlar borligini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, Rustam Ashurmatov 2019 yilgi mavsum boshida "Kvandju" jamoasi tarkibiga borib qo'shilgandi. Oradan ikki yil o'tib, 2021 yil startida esa "Kanvon" jamoasiga o'tdi.
U Koreya K-Ligasida 38 o'yinda maydonga tushib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar