29 mar 08:54
Yangiliklar
FOTO. Rustam Qosimjonov Karuanoni Jahon chempionligi uchun matchga olib chikdi!
Musobaqa amaldagi Jahon chempioni Magnus Karlsen bilan Jahon shaxmat toji uchun matchga olib chiquvchi davogarni aniqlovchi dunyoning eng nufuzli musobaqasi hisoblanadi.
Turnirda jahon shaxmat yulduzlari SHahriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon), Vladimir Kramnik (Rossiya), Uesli So (AQSH),Levon Aronyan (Armaniston), Fabiano Karuano (AQSH), Din Lijen (Xitoy), Aleksandr Grishuk (Rossiya) va Sergey Karyakin (Rossiya) ishtirok etdi.
Musobaqa ikki davra tizimida o'tkazildi. Yakuniy natijalarga ko'ra hamyurtimiz 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov murabbiyligi ostida musobaqada ishtirok etgan amerikalik Fabiano Karuana 9 ochko bilan 1-o'rinni egalladi.
Fabiano Karuana joriy yilning noyabr oyida Buyuk Britaniyaning London shahrida amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen bilan Jahon shaxmat toji uchun bo'lib o'tadigan matchda ishtirok etadi.
Fikrlar