28 dek 09:40
Yangiliklar
Tennis

FOTO. Vesnina va Makarovaga “Do'stlik” ordeni topshirildi
Rossiyalik tennis malikalari Elena Vesnina va Ekaterina Makarova mamlakat sporti dovrug'ini dunyoga yanada tanitishga qo'shgan xissasi uchun Davlat mukofoti bilan taqdirlanishdi.
Har ikki tennischiga “Do'stlik” ordeni topshirildi. Vesnina va Makarova Rio Olimpiadasining tennis musobaqasi juftlik bahslarida oltin medalni qo'lga kiritishgan edi.
Kecha Rossiya sport vaziri Pavel Kolobkov oliy mukofotlarni tennischilarga tantanali ravishda topshirdi.
Vesnina va Makarova Singapurda o'tgan yilning Yakuniy WTA turnirida ham bosh mukofotni qo'lga kiritishgan edi.
Havola :
Fikrlar