So’nggi yangiliklar

18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0

21 dek 16:50
Yangiliklar

Futbol

Fozil Musaev Yaponiyada o'ynaydigan birinchi o'zbek futbolchisiga aylandi

So'ngi yarim yilni Qarshining “Nasaf” jamoasida o'tkazgan markaziy yarim himoyachi Fozil Musaev “Jubilo Ivata” klubi bilan “2+1” ko'rinishida shartnoma imzoladi.

Bu haqda saytimizga uning agenti – xalqaro sport yuristi Sanat SHaripov malum qildi.

- Olib borilgan muzokaralarga nihoyat nuqta qo'ydik. Muvaffaqiyatli o'tgan tibbiy ko'rikdan so'ng bitimga imzo chekdik. O'zbek futboli transfer olamida bu o'ziga yarasha katta voqea bo'ldi, deb hisoblayman.

Hali shu paytgacha Yaponiyada o'zbekistonlik o'yinchi to'p surmagan edi. Fozil bu borada ilk hamyurtimizga aylandi. SHartnoma uch yilga mo'ljallangan bo'lib, “2+1” sxemasi bo'yicha imzolandi.

J-liga – Osiyodagi eng kuchli milliy chempionatlardan biri. SHu bois Musaevning bu erga o'tishi terma jamoamiz uchun ham, shubhasiz, yaxshi tomonga xizmat qiladi.

Raqobat o'ta kuchli birinchilikda Fozil yanada toblanib, termamizning etakchilaridan biriga aylanishiga umid qilamiz, - deydi futbolchiga “Kun chiqar yurt”ga safar davomida hamrohlik qilgan Sanat SHaripov.


Ushbu tarixiy transfer borasida futbolchining o'zi quyidagi fikrlarni bildirdi:

- Men nafaqat o'zim uchun, balki Yaponiyada butun O'zbekiston nomi uchun ham to'p suraman. Bu menga katta imkoniyat. SHuning uchun borimni berib o'ynashim lozimligini his qilib turibman.

Bu erga kelib, men klub rahbariyati, jamoa va shart-sharoitlar bilan tanishdim. Menga hamma narsa maqul keldi. Barchasi alo darajada. Buyog'iga endi mendan talab etiladigan yagona narsa – chiroyli futbol ko'rsatish. Bu men uchun nafaqat futbolchilik faoliyatimdagi, balki umuman butun hayotimdagi muhim bosqichlardan biri bo'ladi.

SHuni alohida takidlab o'tish joiz, “Jubilo Ivata” Yaponiyaning eng nomdor va unvonlar qo'lga kiritish bo'yicha eng etakchi klublaridan sanaladi.

Mamlakatning to'rt karra chempioni tarkibida braziliyalik Dunga, italiyalik Salvatore Skillachi, rossiyalik Dmitriy Radchenko kabi o'z vaqtining mashhur futbolchilari to'p surishgan.

Bu jamoani bir paytlar Luiz Felipe Skolari ham boshqargan. Hozirda “Jubilo Ivata”ga Yaponiya va Osiyo futbolining o'tmishdagi yulduz o'yinchilaridan biri Xiroshi Nanami bosh murabbiylik qilmoqda.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing