30 iyu 09:45
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/732_220.jpg)
France Football: Diarra “Spartak”ga o'tishi mumkin
Franciyaning France Football nashri tarqatgan xabarga ko'ra, tajribali yarim himoyachi Lassana Diarra faoliyatining Moskvaning “Spartak” klubida davom ettirishi mumkin.
Takidlash joiz, Sport arbitraj sudi Diarraning sobiq klubi “Lokomotiv”ga 10 million evro tovon puli to'lash majburiyatini yuklagan. Boisi, o'z vaqtida “temiryo'lchilar” Diarra bilan amaldagi shartnomani bir tomonlama bekor qilishgandi.
O'tgan mavsumda Lassana Franciyaning “Marsel” klubi sharafini himoya qilib, 31ta o'yinda bitta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Diarra Evro-2016 o'yinlari uchun Franciya terma jamoasiga jalb etilgandi. Ammo jarohat sabab yakuniy ro'yxatdan chetda qolib ketgandi. Oqibatda uning o'rnini “Manchester Yunayted” vakili Morgan SHnayderlin egallagan edi.
Havola :
Fikrlar