13 iyu 19:27
Yangiliklar
Triatlon, Parij-2024
Franciya sport vaziri taqiqlangan Sena daryosida cho'mildi
Franciya sport vaziri Ameliya Udea-Kastera Paralimpiya o'yinlarining ochilish marosimida Franciya terma jamoasi bayroqdori bo'ladigan triatlonchi Aleksis Ankinkan hamrohligida suv kiyimi va suzish qalpoqchasida daryoda cho'mildi.
Vazir bu ishidan keyin ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga "vada bajarildi", deb yozdi.
Malumot uchun, Sena daryosida cho'milish 1923 yilda suv sifatining oz vaqt ichida yomonlashgani sabab taqiqlangan edi.
Avvalroq Franciya prezidenti Emmanuel Makron daryoni tozalash ishlariga 1,5 milliard evrodan ortiq mablag' sarflangani haqida xabar bergan edi.
Havola :
Manba : МатчТВ
Fikrlar