05 apr 08:42
Yangiliklar
Futbol

Franciyalik murabbiy chempionlik medalini aukcionga qo'ydi
"L'Équipe" xabariga ko'ra, "Nant" klubi sobiq murabbiyi Reynald Denueks Franciya chempionatidagi g'alabasi uchun taqdim qilingan medalni kim oshdi savdosiga qo'ygan.
Bu mutaxassis boshchiligidagi "Nant" jamoasi 2000/2001 yilgi mavsumda chempionlik unvonini qo'lga kiritgandi.
Denueks chempionlik medalini 3 aprel kuni akcionga qo'ygan. Savdodan tushgan mablag' koronavirus bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlariga yordam berish uchun yo'naltiriladi. Savdolar 6 aprelga qadar davom etadi.
Havola :
Fikrlar