So’nggi yangiliklar

08:55Фаолиятини АҚШда давом эттириши айтилган Муҳиддин Мамажонов Тошкентда жанг қиладиган бўлди 0 08:34UFC Макао турнири иштирокчилари қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 08:13Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" Дубайда Машарипов жамоасига қарши майдонга тушади 0 07:52Исроил Мадримовнинг вазнига яна бир юлдуз келмоқда 0 07:31Энди Маррей Australian Open якунига қадар Новак Жоковичга устозлик қилади 0 19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0

13 fev 07:22
Yangiliklar

SHaxmat

Freestyle Chess Challenge. Abdusattorov 1/2 finalda, endigi raqib Magnus Karlsen!

Germaniyaning Gamburg shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Freestyle Chess G.O.A.T Challenge" turniri davom etmoqda.

Dunyoning kuchli sakkiz nafar grossmeysteri dona surayotgan Fisher shaxmati bo'yicha musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2744) ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Kecha 1/4 final bosqichning javob uchrashuvlari o'tkazildi. Saralash bosqichini g'olib sifatida yakunlagan Abdusattorov 1/4 finalda xitoylik Din Lijen (Xitoy, 2762) ustidan ham zafar quchdi. Birinchi partiyada Nodirbekning g'alabasi qayd etilgandi. Ikkinchi uchrashuvda grossmeyterimiz qora donalarda durang o'ynadi. 

CHorak finalning bitta juftligida g'olib tay-brekda aniqlandi. Unda rapid va blic shaxmatda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830) franciyalik Alireza Firuzdja (2760)dan ustun keldi. Endi 1/2 finalda yana bir bor Nodirbek Abdusattorov - Magnus Karlsen qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz.    

Eslatib o'tamiz, shaxmatchimiz saralash bosqichining so'nggi 7-turida Karlsenni mag'lubiyatga uchratib, pley-offga 1-o'rin bilan yo'l olgandi. Yarim final uchrashuvlari bugun va ertaga o'tkaziladi. SHaxmatchilar o'zaro ikkita partiya o'ynashadi. Jami 40 ta yurishga 90 daqiqadan vaqt beriladi. Ikki partiyada g'olib aniqlanmagan taqdirda tay-brekka murojaat qilinadi. Pley-offning barcha bosqich uchrashuvlari bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi.


1/4 final natijalari 

Alireza Firuzdja (Franciya, 2760) - Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830) 1-1 (1-0, 0-1). Tay-breyk - 0-2

Fabiano Karuana (AQSH, 2804) - Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2743) 1.5-0.5 (1-0, 1/2)

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2744) - Din Lijen (Xitoy, 2762) 1.5-0.5 (1-0, 1/2)

Vinsent Kaymer (Germaniya, 2738) - Levon Aronyan (AQSH, 2725) 0.5-1.5 (1/2, 0-1)


1/2 final juftliklari (13-14 fevral):

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2744) - Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830)

Fabiano Karuana (AQSH, 2804) - Levon Aronyan (AQSH, 2725)


5-8 o'rinlar uchun bahs

Alireza Firuzdja - Din Lijen

Vinsent Kaymer - Dommaradju Gukesh

Final: 15-16 fevral    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing