17 fev 10:48
Yangiliklar
Freestyle Chess Challenge. Abdusattorov 4-o'rinni olgan turnirda g'olib va sovrindorlar malum
Dunyoning kuchli sakkiz nafar grossmeysteri dona surgan Fisher shaxmati bo'yicha musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2744) ham ishtirok etdi va yakunda 4-o'rinni egalladi. Kecha hal qiluvchi pley-off bosqichining ikkkinchi partiyalari o'ynaldi.
Saralash bosqichini g'olib sifatida yakunlagan Abdusattorov 3-o'rin sohibini aniqlab bergan bahsda amerikalik Levon Aronyanga 0,5:1,5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Grossmeysterlar birinchi partiyada murosaga kelishgandi, javob uchrashuvida tajribali Aronyanning qo'li baland keldi.
Musobaqa bosh sovrini rapid va blic shaxmatda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830)ga nasib etdi. U finalda amerikalik Fabiano Karuana (2804)ni 1,5:0,5 hisobida engdi.
Pley-off natijalari. Final
Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830) - Fabiano Karuana (AQSH, 2804) 1,5:0,5
3-o'rin uchun bahs
Nodirbek Abdusattorov - Levon Aronyan (AQSH, 2725) 0,5:1,5
5-6 o'rinlar uchun
Alireza Firuzdja (Franciya, 2760) - Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2743) 1,5:0,5
7-8 o'rinlar uchun
Vinsent Kaymer (Germaniya, 2738) - Din Lijen (Xitoy, 2762) 2:0
Fikrlar