15 fev 08:25
Yangiliklar
Freestyle Chess Challenge. Abdusattorovning 3-o'rin uchun bahsdagi raqibi malum
Dunyoning kuchli sakkiz nafar grossmeysteri dona surayotgan Fisher shaxmati bo'yicha musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2744) ham ishtirok etyapti. Kecha 1/2 final bosqichning ikkinchi uchrashuvlari o'tkazildi.
Saralash bosqichini g'olib sifatida yakunlagan Abdusattorov final chiptasi uchun rapid va blic shaxmatda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830)ga qarshi oq donalarda harakat qildi va durangga erishdi. Ilk partiyadagi g'alaba tajribali Karlsenni finalga olib chiqdi.
Ikkinchi 1/2 final juftligida Abdusattorovning 3-o'rin uchun bahsdagi raqibi aniqlandi. Ushbu yarim final o'yini murosasiz kechdi. Asli armanistonlik, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Levon Aronyan (AQSH, 2725) hamda yana bir okean orti shaxmatchisi Fabiano Karuana (AQSH, 2804) asosiy partiyalarda bittadan g'alabaga erishishdi. Tay-brekda ham g'olib aniqlanmagach, navbat armagedon partiyaga berildi. Unda Karuana g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi. Aronyan esa endi Nodirbek qarshi 3-o'rin uchun bahs olib boradi.
1/2 final natijalari
Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830) - Nodirbek Abdusattorov 1.5-0.5 (1-0, 1/2)
Levon Aronyan (AQSH, 2725) - Fabiano Karuana (AQSH, 2804) 3-4 (1-0, 0-1, 1-0, 0-1, 0-1, 1-0, 0-1)
5-8 o'rinlar uchun
Din Lijen (Xitoy, 2762) - Alireza Firuzdja (Franciya, 2760) 0.5-1.5 (0-1, 1/2)
Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2743) - Vinsent Kaymer (Germaniya, 2738) 2.5-1.5 (0-1, 1-0, 1-0, 1/2)
Final: Karlsen - Karuana
3-o'rin uchun: Abdusattorov - Aronyan
5-6 o'rin uchun: Firuzdja - Gukesh
7-8 o'rin uchun: Din Lijen - Kaymer
Fikrlar