16 fev 09:30
Yangiliklar
Freestyle Chess Challenge. Bugun barchasi hal bo'ladi
Dunyoning kuchli sakkiz nafar grossmeysteri dona surayotgan Fisher shaxmati bo'yicha musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2744) ham ishtirok etyapti. Kecha hal qiluvchi pley-off bosqichining ilk partiyalari o'ynaldi.
Saralash bosqichini g'olib sifatida yakunlagan Abdusattorov 3-o'rin sohibini aniqlab beruvchi bahsla amerikalik Levon Aronyanga qarshi dona surmoqda. Grossmeysterlar birinchi partiyada murosaga kelishdi. Bugun javob uchrashuvi o'tkaziladi. Durang bo'lgan taqdirda, g'olib tay-brekda aniqlanadi.
Bosh sovrin uchun kurashayotgan rapid va blic shaxmatda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830) amerikalik Fabiano Karuana (2804) bilan durangga imzo chekdi. Nodirbek 1/2 finalda aynan Karlsenga 0,5:1,5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Bugun barcha juftliklarda g'oliblar aniqlanadi.
Pley-off natijalari. Final
Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830) - Fabiano Karuana (AQSH, 2804) 0,5:0,5
3-o'rin uchun bahs
Nodirbek Abdusattorov - Levon Aronyan (AQSH, 2725) 0,5:0,5
5-6 o'rinlar uchun
Alireza Firuzdja (Franciya, 2760) - Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2743) 1:0
7-8 o'rinlar uchun
Vinsent Kaymer (Germaniya, 2738) - Din Lijen (Xitoy, 2762) 1:0
Fikrlar