12 fev 20:32
Yangiliklar
SHaxmat
![](/upload/storage/322576_220.jpg)
Freestyle Chess Grand Slam. 1/2 final doirasidagi Sindarov - Karuana ikkinchi partiyasi yakunlandi
Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli turnirda pley-off bahslari davom etmoqda.
Javohir Sindarov 1/2 finalning ikkinchi partiyasida dunyo reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib bordi. Hozirgina yakuniga etgan murosasiz uchrashuvda nomdor raqibda nisbatan kichik ustunlik bo'lsa-da, yakunda tomonlar murosaga kelishdi.
Demak, ikkinchi uchrashuvda ham durang natija qayd etildi va endi birozdan so'ng hal qiluvchi tay-brek partiyalari o'ynaladi. Beshinchi o'rin uchun kurashayotgan Nodirbek Abdusattorovning franciyalik grossmeyster Alireza Firuzdjaga qarshi partiyasi esa hali davom etmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar