11 fev 20:50
Yangiliklar
![](/upload/storage/322489_220.jpg)
Freestyle Chess Grand Slam. 1/2 final doirasidagi Sindarov - Karuana partiyasi ham yakunlandi
Hozirgina Javohir Sindarov 1/2 finalning ilk partiyasida dunyo reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib bordi. Nomdor raqibiga nisbatan kichik ustunlikka ega bo'lgan Sindarov yakunda durangga imzo chekdi.
Takidlash joiz, Fabiano 1/4 finalning har ikki uchrashuvida ham amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradjudan ustun kelgandi. Yarim finalning ikkinchi juftligida Magnus Karlsen Javohir singari turnir kashfiyotiga aylangan germaniyalik Vinsent Keymerga kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Keymer 1/4 finalda jahon reytingida 7-pog'onadan joy olgan franciyalik Alireza Firuzdjani 1,5:0,5 hisobida taslim etgangdi.
Fikrlar