10 fev 21:22
Yangiliklar

Freestyle Chess Grand Slam. Abdusattorov - Karlsen, Sindarov - Nakamura 1/4 final javob partiyalari o'tkazildi
Nodirbek Abdusattorov chorak finalning ilk uchrashuvida shaxmat afsonasi norvegiyalik Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Afsuski, ikkinchi bahsda ham Magnus Nodirbek mag'lubiyatga uchratib, ortiqcha qiyinchiliksiz 1/2 finalga yo'l oldi.
Saralash bahslarini juda yuqori darajada o'tkazgan Javohir Sindarov esa amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi kechgan ikkinchi partiyada ham murosaga keldi. Bu safar ham u qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi. Kechagi ilk partiyada Javohir muqarrar mag'lubiyatdan chiqib ketgandi.
Birozdan so'ng Javohir Sindarov va Hikaru Nakamura o'rtasidagi hal qiluvchi tay-brek uchrashuvi o'tkaziladi. Saralash bosqichdagi o'yinni ham qo'shib hisoblasak, Javohir va Hikaru o'zaro uch marotaba o'yin o'tkazishdi va uchchala partiyada ham kuchlar teng keldi. Nodirbek Abdusattorov esa chorak finalda mag'lub bo'lgan shaxmatchilar bilan 5-o'rin uchun kurashni davom ettiradi.
Fikrlar