17 iyu 11:34
Yangiliklar

Freestyle Chess Grand Slam. Abdusattorov va Sindarov Las-Vegasdagi turnirni muvaffaqiyatli boshladi
Musobaqada hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham ishtirok etishi haqida avvalroq xabar bergandik.
Tunda turnirning guruh bosqich bellashuvlari bo'lib o'tdi.
Oqlar guruhidan o'rin olgan yurtdoshlarimiz bahslarni muvaffaqiyatli o'tkazishdi.
Nodirbek ham, Javohir ham 7 ta o'yin yakuniga ko'ra 4,5 ochko jamg'arib, pley-off bahslariga yo'l oldilar.
Endi bugun chorak final bellashuvlari start oladi.
CHorak finalning g'oliblar yo'lida juftliklar quyidagicha ko'rinish olgan:
Rameshbabu Pragnanandha - Fabiano Karuana
Levon Aronyan - Xikaru Nakamura
Nodirbek Abdusattorov - Arjun Erigaisi
Hans Niemann - Javohir Sindarov
Mag'lublar yo'li:
Magnus Karlsen - Vidit Gujrati
Leiner Dominges - Bibisora Assaubaeva
Rey Robson - Vinsent Keymer
Sem Sevian - Uesli So
Qayd etish lozim, dunyo reytingi etakchisi Magnus Karlsen guruh bosqichi yakuniga ko'ra, g'oliblar yo'liga qo'shila olmadi. U tay-brekda Levon Aronyanga imkoniyatni boy berdi.
CHorak finallar bugun tunda o'tkaziladi. Har ikki hamyurtimizga ham musobaqada omad tilaymiz.
Fikrlar