So’nggi yangiliklar

13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0 10:45Эрон ЖЧ-2026 вақтида Мексикада яшайди, лекин... 0 09:23Отабек Холматов Тошкентдаги бокс оқшомида жанг қилиши мумкин 0 08:30"Ролан Гаррос". Бугун Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқади 0 07:53"Ўлиминг яқинлашмоқда". Нассурдин Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 19:04Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қачон қуръа ташланиши маълум 0 18:40Дмитрий Биволга Ислам Махачев билан жанг ҳақида савол беришди, боксчи эса бунга жавоб берди 0 18:17Усикнинг собиқ промоутери Александрга фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 17:45Мураббий Махачевнинг қайтиш муддатини тасдиқлади 0 17:17Дмитрий Бивол Дана Уайт билан ҳам музокара ўтказганини айтди 0 16:39Моуринью "Интер" ҳимоячисини "Реал"га ўтишга кўндирди 0 16:16Бекзод Абдураҳмонов Чимаев билан бир оқшомда жанг қилади 0 15:39Тайсон Фьюри кейинги жангини қачон ўтказишини айтди 0

11 fev 07:52
Yangiliklar

SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam. Amaldagi jahon chempioni Gukesh ham yutqazdi, 1/4 final natijalari va 1/2 juftliklari + FOTO

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 750 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirda 1/4 final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, kecha o'tkazilgan 1/4 finalda yosh grossmeyterimiz Javohir Sindarov jahon reytingida 3-o'rinni egallab turgan amerikalik Hikaru Nakamurani qo'shimcha tay-brekda mag'lubiyatga uchratdi. Umumiy 3:1 hisobidagi g'alaba Sindarovni Freestyle Chess Grand Slam turnirining 1/2 finalga olib chiqdi. 

Nakamura endi 1/4 finalda Nodirbek Abdusattorov singari 5-o'rin uchun kurashni davom ettiradi. Sindarov esa 1/2 finalda boshqa bir amerikalik grossmeyster, dunyo reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boradi. Fabiano 1/4 finalning har ikki uchrashuvida ham amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradjudan ustun keldi. 

Yarim finalning ikkinchi juftligida Magnus Karlsen Javohir singari turnir kashfiyotiga aylangan germaniyalik Vinsent Keymer bilan hisob-kitob qiladi. Keymer 1/4 finalda jahon reytingida 7-pog'onadan joy olgan franciyalik Alireza Firuzdjani 1,5:0,5 hisobida engdi.    

To'qqizinchi o'rin sohibini aniqlab berayotgan uchrashuvda pley-offga chiqa olmagan ikki grossmeyster - armanistonlik Levon Aronyan hamda sloveniyalik Vladimir Fedoseev o'zaro hisob-kitob qildi. Ularning ilk partiyasida Aronyan oq donalarda g'alaba qozongandi. Kechagi javob uchrashuvida durang natija qayd etildi. Bugungi barcha uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing