So’nggi yangiliklar

14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0 10:45Эрон ЖЧ-2026 вақтида Мексикада яшайди, лекин... 0 09:23Отабек Холматов Тошкентдаги бокс оқшомида жанг қилиши мумкин 0 08:30"Ролан Гаррос". Бугун Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқади 0 07:53"Ўлиминг яқинлашмоқда". Нассурдин Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 19:04Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қачон қуръа ташланиши маълум 0 18:40Дмитрий Биволга Ислам Махачев билан жанг ҳақида савол беришди, боксчи эса бунга жавоб берди 0 18:17Усикнинг собиқ промоутери Александрга фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 17:45Мураббий Махачевнинг қайтиш муддатини тасдиқлади 0 17:17Дмитрий Бивол Дана Уайт билан ҳам музокара ўтказганини айтди 0 16:39Моуринью "Интер" ҳимоячисини "Реал"га ўтишга кўндирди 0 16:16Бекзод Абдураҳмонов Чимаев билан бир оқшомда жанг қилади 0

10 fev 07:32
Yangiliklar

SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam. Amaldagi jahon chempionida mag'lubiyat, 1/4 finalda kutilmagan natijalar

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli turnirning 1/4 final ilk uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Xabar berganimizdek, Nodirbek Abdusattorov chorak finalning ilk uchrashuvida shaxmat afsonasi norvegiyalik Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Saralash bahslarini juda yuqori darajada o'tkazgan Javohir Sindarov esa amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi kechgan murosasiz partiyada muqarrar mag'lubiyatdan chiqib ketib, durangga imzo chekdi. 

Amaldagi jahon chempioni hindistonlik Dommaradju Gukesh oq donalarda amerikalik Fabiano Karuanaga yutqazib qo'ydi. Saralash bahslarini qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra birinchi o'rinda yakunlagan Alireza Firuzdja ham kutilmaganda oq donalarda o'ynaganiga qaramay, germaniyalik Vinsent Keymerdan engildi. 

To'qqizinchi o'rin sohibini aniqlab berayotgan uchrashuvda pley-offga chiqa olmagan ikki grossmeyster - asli armanistonlik, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Levon Aronyan hamda sloveniyalik Vladimir Fedoseev o'zaro hisob-kitob qilyapti. Ularning ilk partiyasida Aronyan oq donalarda g'alaba qozondi.

Bugun barcha juftliklar o'rtasida ikkinchi partiya o'ynaladi. Birinchi uchrashuvda g'alaba qozongan grossmeysterlarni bugun durang natija ham 1/2 finalga olib chiqadi. Abdusattorovni faqat g'alaba, Sindarovni esa kamida durang tay-brekka o'tkazishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing