So’nggi yangiliklar

19:06Богдан Гусков: "Анкалаев билан жанг ҳаётимни ўзгартириши мумкин" 0 18:35Рамазон Темиров иштирокидаги тўлиқ матбуот анжумани 0 18:13Фил Фоден "Манчестер Сити" билан шартномасини 2030 йилгача узайтирди 0 17:33Стив Эрцег Рамазон Темиров ҳақида қандай фикр билдирди? 0 16:58Холдаров ва Олимов Арманистонда илк жангларини ўтказди 0 16:33Темиров ўзи жанг қилишни хоҳлайдиган спортчи номини айтди 0 16:00Гильермо Очоа профессионал футболдаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 15:27Ўзбекистонда UFC турнири қачон ўтказилади — Рамазон Темиров ўз фикри билан бўлишди 0 14:55Рамазон Темиров Асу Алмабаев билан UFC'даги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:33Рамазон Темиров: "Бу жангда ютсам, Эрцегнинг ўрнига кўтариламан, деб ўйлайман" 0 14:12Трамп Инфантинони яна бир катта лавозимга тайинламоқчи 0 13:37Богдан Гусков: «Анкалаев ярим оғир вазн тоифасидаги энг кучли жангчи» 0 13:00FIDE Самарқанддаги Олимпиада олдидан Беларусь шахматчиларига нисбатан қўлланган барча санкцияларни бекор қилди 0 12:32Жаско коач Рамазон Темировнинг вазни қандай ҳолатда эканини айтди 0 11:59AIPS ЖЧ-2026нинг энг яхши ўн нафар футболчиси номини эълон қилди 0

13 fev 11:56
Yangiliklar

SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam. Bugun final hamda boshqa o'rinlar uchun bahslar boshlanadi

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Bugun sovrin jamg'armasi 750 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada final uchrashuvlari start oladi. Turnir bosh sovrini uchun amerikalik Fabiano Karuana musobaqa kashfiyotiga aylangan germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi bahs olib boradi. 

Keymer 1/2 finalda norvegiyalik afsona Magnus Karlsenni shov-shuvli tarzda 1,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Dunyo reytingida ikkinchi o'rinda borayotgan Karuana esa 7 ta partiya davom etgan murosasiz kurashda hamyurtimiz Javohir Sindarovdan 4:3 hisobida ustun keldi. 

Uchinchi o'rin uchun kechadigan qarama-qarshilikda Sindarov Magnus Karlsen bilan hisob-kitob qiladi. Saralash bosqichidagi o'zaro uchrashuvda Javohir nomdor raqibini mag'lubiyatga uchrata olgandi. 

CHorak finalda aynan Magnusga engilgan Nodirbek Abdusattorov kecha franciyalik Alireza Firuzdjani 1,5:0,5 hisobida mag'lub etdi. Bugun u 5-o'rin uchun kechadigan bahsda amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi o'ynaydi. Reytingning uchinchi pog'onasida borayotgan Hikaru kecha amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradjudan 2,5:1,5 hisobida ustun keldi. 

Bugun Gukesh va Firuzdja 7-8 o'rinlar uchun o'zaro bahs olib borishadi. 

Malumot uchun, finalning hal qiluvchi ikkinchi final uchrashuvi ertaga o'tkaziladi. CHempion 200 000 dollarni qo'lga kiritadi. Sindarov 100 000, Abdusattorov esa 50 000 AQSH dollari uchun kurashadi. Bugungi uchrashuvlar ham bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing