So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

09 fev 08:43
Yangiliklar

SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam. Derbida Javohir ustun keldi, Nodirbek ham 1/4 finalga chiqdi

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 750 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirning ikkinchi kungi bahslari ortda qoldi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatnashayotgan musobaqada ikki shaxmatchimiz - Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham o'z mahoratini namoyish qilyapti. 17 fevralga qadar davom etadigan turnir aylana tizimda o'tkazilib, unda bir shaxmatchi qolgan hamma ishtirokchilar bilan rapid formatida o'zaro bahs olib boradi. 

Ikkinchi kun doirasida 4 ta tur uchrashuvi o'tkazildi. Nodirbek Abdusattorov 6-turda norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surib, mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Javohir Sindarov birinchi kun Karlsenni taslim etgandi. Kecha Javohir Nodirbekka qarshi o'ziga xos o'zbek derbisida ham g'alaba qozondi. 

Abdusattorov ikkinchi kungi bahslarni ham biroz omadsiz o'tkazdi. Nodirbekning ayni paytda o'zining yaxshi sport formasida emasligi ko'rinib qolyapti. SHunga qaramay, u 1/4 final yo'llanmasini qo'lga kirita oldi. Bunga Levon Aronyan va Vladimir Fedoseevning saralash bahslarini sust o'tkazgani ham yordam berib yubordi.   

Javohir Sindarov 9 imkoniyatdan 6,5 ochko jamg'arib, 1/4 finalga 2-o'rin bilan yo'l oldi. Franciyalik Alireza Firuzdja ham 6,5 ochko to'pladi va qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadam sifatida chorak finalga chiqdi. Fabiano Karuana, Magnus Karlsen, Vinsent Keymer, Nodirbek Abdusattorov hamda amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju ham pley-offda chempionlik uchun kurashni davom ettiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing