09 dek 19:57
Yangiliklar
Freestyle Chess Grand Slam Finals. Javohir Sindarov 1/2 finalda!
Umumiy mukofot jamg'armasi 750 000 dollarni tashkil etuvchi yakuniy Freestyle Chess Champion 2025 turniri bosh sovrini uchun sayyoramizning sakkiz nafar grossmeysteri bahs olib boryapti.
Quvonarlisi, saralash bahslarini birinchi o'rinda yakunlagan 20 yoshli Javohir Sindarov ortiqcha qiyinchiliksiz 1/2 finalga yo'l oldi. Hamyurtimiz saralash bahslaridagi 7 ta uchrashuvning barchasida mag'lubiyatga uchragan eronlik Parham Maqsudluni har ikki partiyada ham mag'lubiyatga uchratdi.

Sindarovning yarim finaldagi raqibi norvegiyalik shaxmat afsonasi Magnus Karlsen hamda amerikalik Fabiano Karuana o'rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi. Birinchi partiyada Fabiano g'alaba qozongandi. Javob bahsida Karlsen zafar quchdi. Endi g'olibni aniqlash uchun armageddon partiyasi o'ynaladi.
Yarim final uchrashuvlari esa ertaga o'tkaziladi.

Fikrlar