10 fev 22:09
Yangiliklar
SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam. Javohir Sindarov tay-brekning ilk partiyasida Xikaru Nakamurani mag'lub etdi
Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli turnirda 1/2 finalchilar aniqlanmoqda.
Hozirgina musobaqaga oxirgi bo'lib qo'shilgan Javohir Sindarov 1/4 finalning hal qiluvchi tay-brek ilk uchrashuvida amerikalik Xikaru Nakamuraga qarshi bahs olib bordi. SHaxmatchilarga 10 daqiqadan vaqt berildi. Unda Javohir qora donalarga qarshi o'ynashiga qaramay, tajribali amerikalik shaxmatchini chiroyli tarzda mag'lub etdi.
Birozdan so'ng tay-brekning ikkinchi partiyasi o'ynaladi. Bu safar Sindarov oq donalarda harakat qiladi. Hamyurtimizni durang ham 1/2 finalga olib chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar