So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

07 fev 12:22
Yangiliklar

SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam. Nodirbek 1-turdayoq amaldagi jahon chempioni bilan o'ynaydi

Xabar berganimizdek, bugun Germaniyaning Vayssenxaus shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 750 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnir start oladi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatnashadigan musobaqada ikki shaxmatchimiz - Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham o'z mahoratini namoyish qiladi. 17 fevralga qadar davom etadigan turnir aylana tizimda o'tkaziladi va unda bir shaxmatchi qolgan hamma ishtirokchilar bilan rapid formatida o'zaro bahs olib boradi. 

Qura natijasiga ko'ra, Nodirbek Abdusattorov 1-turdayoq amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradjuga qarshi oq donalarda o'ynaydi. Bu ikki shaxmatchi 24 yanvar kuni Veyk-an-Zee shahri mezbonlik qilgan Tata Steel Chess turniri doirasida o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda durang natija qayd etilgandi. Javohir Sindarov esa 1-turda mezbonlar vakili Vinsent Keymerga qarshi qora donalarda harakat qiladi. 

Sindarovning Gukeshga qarshi uchrashuvi 4-turga to'g'ri kelmoqda. Ettinchi turda o'ziga xos o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Nodirbek oq donalarda Javohir bilan hisob-kitob qiladi. Beshinchi turda Sindarov, oltinchi turda esa Abdusattorov norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi.    

Bugun 5, ertaga esa qolgan 4 tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Kuchli sakkizlikdan joy olgan shaxmatchilar pley-off bosqichiga yo'l oladi. Bu bosqichda har bir match ikki klassik partiyadan iborat bo'ladi. Agar ikki uchrashuv natijasiga ko'ra hisob teng bo'lib qolsa, g'olib tay-brekda aniqlanadi. Vaqt nazorati 90 daqiqa bo'lib, keyin har bir yurishga 30 soniyadan qo'shib boriladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing