So’nggi yangiliklar

21:47Ғуломжон Абдуллаев – жаҳон чемпионати совриндори 0 18:17"Кроуфорд фаолиятини тугатса, хурсанд бўлардим" - Рой Жонс 0 17:51Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди 0 17:26Сауль Альварес Теренс Кроуфордга ютқазганидан сўнг пост қолдирди 0 17:01Конор Макгрегор Ирландия президенти бўлиш учун курашдан чиққанини маълум қилди 0 16:38АҚШдаги ўзбек спортчиси — Муродбек Чориев навбатдаги ғалабасини қўлга киритди 0 16:16Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди 0 15:41"Умид қиламанки, жанг бўлади". Топурия Кроуфорд билан жанг истагида 0 15:19Турки аш Шайх Кроуфорднинг кейинги рақиби ким бўлишига шаъма қилди 0 14:54Сауль Альварес 2018 йилдан бери илк бор чемпионлик камарисиз қолди 0 14:30Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади 0 14:09Теренс Кроуфорд: "Мен энди бокснинг юзиман" 0 13:48Эшкак эшувчиларимиз Москвадаги турнирда 9 та медал жамғаришди 0 13:27Баҳодир Жалолов: "Сен биз учун чемпионсан" (ФОТО) 0 13:06"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади 0

09 apr 13:14
Yangiliklar

SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam Paris. Bugun pley-off boshlanadi. Nodirbek 1/4 finalda Magnus ga qarshi (barcha malumotlar)

Franciya poytaxti Parij shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Freestyle Chess Grand Slam Paris turniri davom etmoqda.

Ikki kunlik rapid bahslaridan so'ng pley-off bosqichiga yo'l olgan shaxmatchilar malum bo'ldi. Dastlabki sakkiz o'rinni egallagan ishtirokchilar 1/4 finalga chiqishdi. 9-12 o'rinni band etgan Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2758), Rixard Rapport (Vengriya, 2722), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2787) va Santosh Vidit (Hindiston, 2720) pley-offda quyi o'rinlar uchun bahs olib borishadi.  

Qolgan sakkiz ishtirokchi - Yan Nepomnyashhiy (Rossiya, 2757), Magnus Karlsen (Norvegiya, 2819), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2722), Arjun Erigaysi (Hindiston, 2782), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2773), Hikaru Nakamura (AQSH, 2734), Vinsent Keymer (Germaniya, 2649) va Fabiano Karuana (AQSH, 2776) 1/4 finalda chempionlik uchun kurashishadi. 

Ikki kunlik saralash bahslarida Yan Nepomnyashiy hamda Magnus Karlsen 8,5 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida birinchi va ikkinchi o'rinlarni band etishdi. Maksim Vashe-Lagrav 7 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasadi. Arjun Ergaisi va Nodirbek Abdusattorov 6,5 ochko bilan to'rtinchi va beshinchi pog'onalardan joy olishdi. 

Musobaqa reglamentiga ko'ra, 1-4 o'rinni egallagan shaxmatchilar 1/4 finaldagi raqibni o'zlari tanlash imkoniyatiga ega edilar. Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorovni tanladi. Saralash bosqichidagi o'zaro uchrashuvda Magnus hamyurtimizni mag'lubiyatga uchratgan edi.   


Freestyle Chess Grand Slam Paris. 1/4 final juftliklari

Yan Nepomnyashiy - Vinsent Keymer 

Magnus Karlsen - Nodirbek Abdusattorov 

Maksim Vashe-Lagrav - Fabiano Karuana 

Arjun Ergaisi - Hikaru Nakamura 


9-12 o'rinlar uchun 

Rameshbabu Pragnanandxa - Vidit Gujrathi

Rixard Rapport - Gukesh Dommaradju

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing